14 Sentyabr 2024 yil 1746

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Kegeyli tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Joriy yilning 27 avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya tejamkorligini taʼminlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha video selektor yig‘ilish o‘tkazgan edi. Davlatimiz rahbarining yig‘ilishda berilgan topshiriqlarining ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan respublikamizning Kegeyli tumanida aholi va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda kuz va qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish,  shuningdek gazdan zaharlanish holatlarining oldini olish yuzasidan korxona tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Text to speech