Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanovning navbatdagi qabulida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko'rib chiqildi.
Joriy yilning 1-fevral kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanov tasdiqlangan grafik asosida, Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi. Qabulda bir nechta fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko'rib chiqildi. Mazkur murojaatlarning asosan tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish masalalari ko'tarildi, qolgan murojaatlar ijtimoiy masalalarda bo'ldi.
Murojaat qilgan fuqarolardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo'yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirish berildi.
Murojaatlar qo'shimcha o'rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituvga olinib, sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko'rsatma va topshiriqlar bergan holda ijrosi alohida nazoratga olindi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati