Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan To‘rtko‘l tumani ichki ishlar bo‘limlarining ish faoliyati o‘rganildi
O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
sohaga oid Farmon va Qarorlarining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining 11.03.2025 yildagi Qo‘shma
ko‘rsatmasi ijrosini to‘laqonli taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan
ishlar tekshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirining 24.04.2024 yildagi «Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ilash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 200-sonli buyrug‘iga asosan fuqarolar murojaatlari
bilan ishlash ahvoli o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari,
ichki ishlar bo‘limi xodimlarining yashash sharoitlari va oilaviy ahvoli
o‘rganilib, yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi