27 Avgust 2025 yil
308
"Ijtimoiy himoya oyligi" doirasida Chimboy tumani Ichki ishlar bo‘limida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘tkazilgan Uch avlod uchrashuvi
kechasida Ichki ishlar organlarida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib
hozirda sharafli mehnat ta’tilida bo‘lgan faxriylar ishtirok etdi. Bo‘lib
o‘tgan uchrashuv davomida o‘zlarining bosib o‘tgan mehnat yo‘llari, bu yo‘llar
davomida uchragan qiyinchiliklar, shu qiyinchiliklardan orttirgan boy
tajribalarini yosh xodimlar bilan bo‘lishdi hamda yosh xodimlarga o‘zlarining
boy tajribalarini ayamasdan ulashib, o‘rgatib va ustozlik qilib kelayotgan
faxriylarning mehnatlari Vazirlik hamda bo‘lim rahbarlari tomonidan keng
baholanib, minnatdorchilik bildirildi.