14 Yanvar 2025 yil 2932

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev raisligida Chimboy tumani IIB tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot-yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan hisobot-yig‘ilishda 2024 yilda erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar va oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilish yakunida, o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajargan, ijobiy natijalarga erishgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh xodimlar Vazirlikning faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech