Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX JTSB karantin guruhi xodimlari va Nukus shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida bozorlarda va go‘sht mahsulotlarini sotish do‘konlarida nazorat tadbirlari olib borildi. Shuningdek, mahsulotlarni saqlash va bu borada xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha tadbirkorlarga muntazam ravishda tushuntirish va targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: