30 Mart 2023 yil 426

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon jamoa” ko‘rik-tanlovini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 28-mart kungi 42-sonli buyrug‘i tasdiqlandi.

I.Tanlov shartlari:

 Tanlov xodim (xodima) lar o‘rtasida tashkil etiladi.

 Tanlovni tashkil etish tartibi

 Tanlov har yili 3 bosqichda alohida dastur asosida o‘tkaziladi:

1). Birinchi (saralash) bosqich: Sohaviy xizmat va Nukus shahar bo‘yicha IIO FMB va tuman IIBlari har biri shaxsiy tarkibining kamida 60 foizidan shakllantirilgan bir nechta jamoalar o‘rtasida har yilning aprel oyida o‘tkaziladi. G‘olib bo‘lgan 1 ta jamoa tanlovning 2-bosqichida (guruh) ishtirok etish uchun yollanmani qo‘lga kiritadi;

2). Ikkinchi (guruh) bosqich: Saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘rtasida har yilning iyul oyida o‘tkaziladi. G‘olib bo‘lgan 1 ta jamoa tanlovning 3-bosqichida (final) ishtirok etish uchun yollanmani qo‘lga kiritadi.

3). Uchinchi (final) bosqichi: Saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘rtasida har yilning oktyabr oyida o‘tkaziladi.

 III. Tanlov shartlari:

 Jamoa tarkibi 6 (olti) nafardan ko‘p, 4 nafardan kam bo‘lmasligi zarur;

  1. Tanlovning 1-bosqichida (saralash) jamoalar uchun ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi uchun tavsiya etilgan 39 ta adabiyotning 15 tasi tanlab olinadi va jamoalarga mart oyida e’lon qilinadi;

- 2-bosqichda (guruh) jamoalar uchun tavsiya etilgan 39 ta adabiyotning 25 tasi tanlab olinadi va jamoalarga may oyida e’lon qilinadi;

- 3-bosqich (final)da jamoalar uchun tavsiya etilgan 39 ta adabiyotning barchasidan savollar uynaladi;

- Tanlovda jamoalarga e’lon qilingan kitoblardan o‘yinga qo‘yiladi. Tanlovga qo‘yilgan har bir kitobdan savol o‘ynaladi;

- Tanlovlarda qoraqalpoq adabiyotidan savollar o‘ynalishi mumkin;

- Savollar keyingi bosqichlarda qayta-qayta uynalishiga yo‘l quyilmaydi;

  1. Jamoalarga o‘ylash uchun 30 soniya vaqt ajratiladi va berilgan savolga javobni boshlovchiga yozma ravishda taqdim etish uchun 10 soniya vaqt beriladi (ajratilgan vaqtdan so‘ng taqdim etilgan javoblar qabul qilinmaydi);
  2. Jamoalarning javoblari qabul qilingandan so‘ng boshlovchi tomonidan to‘g‘ri javob o‘qib eshittiriladi;
  3. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball, noto‘g‘ri javob uchun 1 jarima ball, taqdim etilmagan javob uchun 0,5 jarima ball beriladi;
  4. Birinchi bo‘lib o‘ylash uchun ajratilgan vaqtdan avval (10 soniya ichida) boshlovchiga to‘g‘ri javobni taqdim etgan jamoa 1,5 ballni qo‘lga kiritadi. Vaqtdan avval taqdim etilgan javob noto‘g‘ri bo‘lsa jamoaga 1,5 jarima balli beriladi;
  5. Har bir jarima balli uchun jamoadagi bir nafar ishtirokchi o‘yin stolini tark etadi;
  6. Jamoa sardorlariga o‘yin davomida jamlangan har 2 ball evaziga o‘yinni tark etgan bir nafar ishtirokchisini o‘yinga qaytarishi hamda 3 ball evaziga, raqib jamoaning bir nafar ishtirokchisini o‘yindan chetlatish uchun komissiya tarkibiga murojaat qilish huquqi beriladi (so‘nggi 3 ta savol davomida mazkur huquq o‘z kuchini yo‘qotadi);
  7. Tanlov ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘limda 15 tagacha, jami 30 ta savol o‘ynalishi mumkin. Bo‘limlar oralig‘ida jamoalarga dam olishlari uchun 5 daqiqa vaqt beriladi;
  8. Tanlov yakunida agar ikki yoki undan ko‘p jamoalar bir xil ballga ega bo‘lsa, g‘olib jamoa aniqlanguniga qadar komissiya tarkibining roziligi bilan, qo‘shimcha savollar 39 ta adabiyotdan tashqari boshqa adabiyotlardan o‘ynalishi mumkin;

Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ballga ega bo‘lgan jamoa o‘yin g‘olibi deb e’lon qilinadi (jamoaning yakuniy ballarini hisoblash davrida tanlovda qolgan jamoaning har bir ishtirokchisiga yakuniy ballga qo‘shimcha sifatida 1 ball qo‘shib beriladi, bo‘limlar tugashidan avval jarima ballar hisobiga jamoalar o‘yinni tark etsa oxirgi qolgan jamoa o‘yin g‘olibi deb e’lon qilinadi).

 G‘oliblarni taqdirlash

 Tanlovning sohaviy xizmat, shahar-tuman IIBlari, mintaqalararo va respublika final bosqichlarida 1-o‘rinni egallagan jamoalar g‘olib, 2 va 3-o‘rinni egallagan jamoalar sovrindorlar hisoblanadi.

  1. Tanlovning g‘olib va sovrindorlari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
  2. a) Tanlovning 1-bosqichi (saralash)da:

1-o‘rin uchun – tegishli sohaviy xizmat, shahar-tuman IIBlari va mintaqa boshliqlarining I darajali diplom va qimmat baho sovg‘alari;

2-o‘rin uchun – tegishli sohaviy xizmat, shahar-tuman IIBlari va mintaqa boshliqlarining II darajali diplom va qimmat baho sovg‘alari;

3-o‘rin uchun – tegishli sohaviy xizmat, shahar-tuman IIBlari va mintaqa boshliqlarining III darajali diplom va qimmat baho sovg‘alari;

  1. b) Tanlovning 2-bosqichi (guruh)da:

1-o‘rin uchun – Vazir o‘rinbosarining I darajali diplom va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 barobari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;

2-o‘rin uchun – Vazir o‘rinbosarining II darajali diplom va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 barobari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;

3-o‘rin uchun – Vazir o‘rinbosarining III darajali diplom va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 barobari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti.

  1. v) Tanlovning 3-bosqichi (final)da:

1-o‘rin uchun – Vazirning kubogi va I darajali diplom hamda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 barobari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;

2-o‘rin uchun – Vazirning II darajali diplom va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;

3-o‘rin uchun – Vazirning III darajali diplom va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 barobari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti.

  1. Tanlovda ishtirok etgan jamoalar komissiya tarkibi tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishi mumkin.

Nominatsiyalar:

«Yilning eng yaxshi kitobxon xodimi» nominatsiyasi g‘olibiga — navbatdan tashqari maxsus unvon berish uchun taqdimnoma kiritish;

«Eng faol jamoa sardori» nominatsiyasi g‘olibini — rahbarlik lavozimiga tavsiya kiritish;

«Eng yosh kitobxon xodim» nominatsiyasi g‘olibini —  yil davomida malaka toifalaridan ozod etish;

«Eng faol kitobxon xodima» nominatsiyasi g‘olibini — ijtimoiy himoya bo‘yicha navbatsiz subsidiya va ssuda ajratish.

  1. Nominatsiyalar orasidagi «Yilning eng yaxshi kitobxon xodimi» nominatsiyasi g‘olibi faqat final bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoa orasidan, boshqa nominatsiyalar g‘oliblari finalda ishtirok etgan jamoalar orasidan tanlab olinadi.

 Yakuniy qoidalar

 Tanlovga belgilangan vaqtda hozir bo‘lmagan jamoalar tanlovda ishtirok yetishdan chetlatiladi va ularning bu boradagi shikoyatlari ko‘rib chiqilmaydi.

  1. Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilarning murojaatlari tegishli tartibda komissiya a’zolari tomonidan ko’rib chiqiladi.
  2. Final bosqichi g‘olibi va nominatsiya g‘oliblari keyingi ikki yil mobaynida tashkil etiladigan musobaqalarga ishtirok etishlari taqiqlanadi.

 Vazirlikning MMI va KBTX

Text to speech