28 Yanvar 2023 yil 493

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Ichki ishlar vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi.

Joriy yilning 27-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tasdiqlangan grafik asosida, Ichki ishlar vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi. Qabulda fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaat qilgan fuqarolardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirish berildi. Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituvga olinib, sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar bergan holda ijrosi alohida nazoratga olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech