31 May 2023 yil 247

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov tomonidan fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rildi

Joriy yilning 30-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov tasdiqlangan grafik asosida, Ichki ishlar vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi. Qabulda fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaat qilgan fuqarolardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirish berildi. Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituvga olinib, sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar bergan holda ijrosi alohida nazoratga olindi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech