4 Iyul 2023 yil 462

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 28-mart kungi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi kitobxon jamoa” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida»gi 42-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 28-mart kungi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi kitobxon jamoako‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida»gi 42-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

 — Mazkur buyruqqa asosan, tanlovning 1- va 2-bosqichi joriy yilning
20 va 21-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

 Tanlov shartlari:

 — Tanlov ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida tashkil etiladi.

— Jamoalar tarkibi 6 nafar xodimdan ko‘p, 4 nafardan kam bo‘lmasligi zarur;

— Tanlovda ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi tavsiya etilgan 39 ta adabiyotning 25 ta adabiyotlari doirasida savollar o‘ynaladi;

Sho‘ningdek, tanlovlarda qoraqalpoq adabiyotlaridan savollar o‘ynalishi mumkin;

 Tanlovning final bosqichi g‘olib va sovrindorlari

qo‘yidagi tartibda taqdirlanadi:

 — 3-o‘rinni egallagan jamoa – III darajali diplom hamda 5 (besh) million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

— 2-o‘rinni egallagan jamoa – II darajali diplom hamda 7 (yetti) million so‘m pul mukofoti bilan;

— 1-o‘rinni egallagan jamoa – I darajali diplom hamda 10 (o‘n) million so‘m pul mukofoti bilan;

—Bundan tashqari, tanlovda ishtirok yetgan jamoa a’zolari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.

 Nominatsiyalar g‘oliblari qo‘yidagi tartibda taqdirlanadi:

«Yilning eng yaxshi kitobxon xodimi» nominatsiyasi g‘olibiga — muddatdan oldin maxsus unvon beriladi;

«Eng faol jamoa sardori» nominatsiyasi g‘olibi — rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun tavsiya kiritiladi;

«Eng yosh kitobxon xodim» nominatsiyasi g‘olibi — yil davomida malaka toifalaridan ozod yetiladi;

«Eng faol kitobxon xodima» nominatsiyasi g‘olibi — ijtimoiy himoya bo‘yicha navbatsiz subsidiya va ssuda ajratiladi.

 Tanlov haqida batafsil maʼlumotlarni Vazirlikning veb-saytidan olishingiz mumkin.

 Vazirlikning MMI va KBTX

Text to speech