25 Mart 2023 yil 443

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik Azat Utemuratovning Xo‘jayli tumanida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Sayyor qabulning o‘tkazilishi aholi bilan yuzma-yuz suhbatda bo‘lish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va tegishli soha xodimlari bilan hududlardagi muammolarni bartaraf yetish imkonini beradi. Shu sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari , podpolkovnik  Azat Utemuratovning Xo‘jayli tumanida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazdi. Unda tuman aholisi ichki ishlar organlariga bog‘liq va boshqada ijtimoiy masalalar bo‘yicha, fuqarolar yakka tarzda muammolari bilan murojaat qildi.

O‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yollangan ko‘pchilik murojaatlar osha joyning ozida ijobiy yechimini topdi. O‘rganish uchun vaqt talab qilinadiganlariga  muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech