26 Noyabr 2021 yil 559

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanovning qabulida 30 dan ortiq fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko'rib chiqildi ham Taxiyatosh tumanida joylashgan huquq-tartibot maskanlari faoliyati bilan tanishdi .

Joriy yilning 26 noyabrь kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanov tasdiqlangan grafik asosida, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIVda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi. Qabulda 30 dan ortiq nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko'rib chiqildi. Mazkur murojaatlarning asosan tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish masalalari ko'tarildi, qolgan murojaatlar ijtimoiy masalalarda bo'ldi.Murojaat qilgan fuqarolardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo'yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirish berildi.Murojaatlar qo'shimcha o'rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituvga olinib, sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko'rsatma va topshiriqlar berilgan holda ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, vazir, A.Temirxanov shu kuni Taxiyatosh tumanida joylashgan «Nurli kelajak» va «Jayxun» mahallalari huquq-tartibot maskanlari faoliyati bilan tanishib bu yerda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar urganib chiqib ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman IIB rahbariyatiga tegishli topshiriqlar berildi.

 Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech