27 May 2022 yil 525

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikum o‘quvchilari ichki ishlar xodimlari tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikum o‘quvchilari ichki ishlar xodimlari tomonidan mahorat darslari o‘tkazilib, ularga dastlab ichki ishlar vazirligining muzeyiga tashrif buyurdi. Muzeyda Ichki ishlar vazirligining tarixi bilan tanishib o‘zlariga kerakli maʼlumotlarni oldi. So‘ng Ichki ishlar vazirligida barpo etilgan “Vatanparvarlik burchagi” bilan tanishdi. U yerda ichki ishlar organlari xodimlarining faxriylari, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lganlar, shuningdek Xalqimiz uchun o‘z jonini fido etib xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning rasmlari bilan tanishdi. O‘quvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi, U yerda tergov jarayonlari ish uslublari jinoyatni oshishda kerakli anjomlar bilan tanishdi. O‘quvchilarga Ichki ishlar vazirligiga buyurgan tashrifi ulkan taassurot qoldirdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.   

 

 

Text to speech