Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV JXX JTSB Karantin tadbirlarini taminlash guruhi xodimlari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qõmitasi VSEL mutaxassislari bilan hamkorlikda õrganishlar olib borilmoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV JXX JTSB Karantin tadbirlarini taminlash guruhi xodimlari respublikamizning barcha shahar-tumanlaridagi dehxon bozorlari hamda boshqa savdo ob'ektlarida sotilayotgan gõsht va gõsht mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarining veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilingan holatda savdo qilinishi borasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qõmitasi VSEL mutaxassislari bilan hamkorlikda õrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 1 iyuniga qadar, maxsus reja asosida olib borilgan õrganishlar davomida iste'molga yaroqsiz deb topilgan 670 kg gõsht va gõsht mahsulotlari, 556 kg sut va sut mahsulotlari hamda 1700 kgdan ortiq boshqa oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga chek qoyilib, tegishli tartibda mutaxassislar bilan hamkorlikda yõq qilindi.
Bundan tashqari, SEO va JSB mutaxassislari bilan hamkorlikda yoz mavsumida salqin ichimliklarning mahsus tekshiruvdan õtkazilgan holda savdo qilishlari fuqarolarga tushintirilmoqda.