17 Yanvar 2025 yil 4455

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan shahodatlangan xodimalar o‘rtasida “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi

Joriy yilning 17-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida «14-yanvar Vatan himoyachilari kuni» bayrami munosabati bilan xodimalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning jangovar, jismoniy va kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish maqsadida, “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Ko‘rik tanlovnida ishtirok etadigan xodimalarning xizmat staji ichki ishlar organlarida kamida 5 yilni tashkil etishi va harakatdagi intizomiy jazosi bo‘lmasligi kerakligi ko‘rsatilib o‘tilgan. Ko‘rik tanlov ishtirokchilari 3 shart bo‘yicha ko‘ch sinashdi.
Yaʼni 1 shart ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
Bunda ishtirokchilar kompleks mashq va 1000 metr masofaga yugurish bo‘yicha sinovlar topshirdi.
2 shart Ishtirokchilarning jangovar tayyorgarlik darajasini aniqlash yo‘nalishida;
Bunda ishtirokchilar Makarov pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish va jangovar Makarov pistoletidan amaliy o‘q otish mashqni bajarishdi.
 3 shart ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan elektron test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik tanlovda g‘olib bo‘lgan xodimalar bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berib o‘tamiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech