30 Oktyabr 2020 yil
918
SOHAVIY XIZMAT RAHBARLARINING KASBIY BILIMLARI OShIRILMOQDA
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining 2020 yil 6 iyulь kunidagi tegishli topshirig'i ijrosini ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020 yil 19 oktyabrь kunidagi «Ichki ishlar organlarida rahbar xodimlar uchun qiynoq va boshqa shafqatsiz munosabatda bo'lish turlari profilaktikasiga qaratilgan qisqa muddatli kurslarni tashkil etish to'g'risida»gi farmoyishiga muvofiq, Vazirlik Malaka oshirish instituti tomonidan joriy yilning 1-10 noyabrь kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyat qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish hamda tergov xizmatlarining rahbar xodimlariga xizmatdan ajralmagan holda o'quv kurslari “online” (masofadan turib real vaqt rejimida)va “offline” (masofaviy ta'lim tizimidagi tegishli o'quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o'zlashtirish) rejimida tashkil etilishi belgilangan.
O'quv kursining maqsadi – ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalaga yo'l qo'ymaslik, xizmat vazifalarini bajarish chog'ida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash bo'yicha kasbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat.
Tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq, o'quv kursidagi mashg'ulotlar davlat boshqaruvi va huquq-tartibot organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari, yetakchi ta'lim muassasalarining rahbar xodimlari, boy amaliy tajribaga hamda yuqori malakaga ega ilmiy-pedagogik xodimlar va mutaxassislar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi IIVning tegishli sohaviy xizmat xodimlari tomonidan o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O'quv kursiga jalb qilingan sohaviy xizmat rahbarlari Vazirlik Malaka oshirish institutining masofaviy ta'lim platformasida joylashtirilgan kirish testini dastlab topshirish, mavzularni kunning istalgan paytida “online” yoki “offline” rejimida to'liq o'zlashtirish hamda mavzularga doir testlarni, shuningdek, o'quv kursi so'ngida yakuniy testni yuqori ko'rsatkichlar bilan topshirish vazifalari belgilangan.
Shu munosabat bilan, ushbu o'quv kursi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi IIVning tegishli normativ-huquqiy hujjati tasdiqlanib, mazkur normativ-huquqiy hujjatga muvofiq, o'quv kursiga jalb qilingan rahbar xodimlar tomonidan belgilangan mavzularni to'liq o'zlashtirishi hamda test topshiriqlarini o'z vaqtida va yuqori ko'rsatkichlar bilan topshirish jarayonini nazorat qilish bo'yicha biriktirilgan, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Kadrlar boshqarmasining mas'ul xodimlari, shuningdek, shahar-tuman IIO boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari bilan o'quv kursi oldi yo'riqnomasi o'tkazilmoqda, deydi O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi direktorining xodimlar malakasini oshirish bo'yicha o'rinbosari yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori podpolkovnik Saparbay Allambergenov.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati