11 Fevral 2025 yil 1574

Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan jangovar tayyorgarlik, saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi, xodimlarning tashvish qoplari tekshirildi, shuningdek xodimlar bilan jangovar qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha sinovlar qabul qilinib, bu boradagi ish yuritish hujjatlari tekshirilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor D.A.Nazarmuxamedovning 2024-yil 12-yanvar kungi 2/2-99-sonli va 2025-yil 1-fevral kungi 2/565-sonli ko‘rsatmalari hamda Qoraqalpoǵiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining  2025-yil 1-fevral kungi 3/185-sonli reja-topshirig‘iga asosan, Qoraqalpoǵiston Respublikasi IIV uchinchi mintaqaviy hudud, Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 5-oktabr kungi 555-sonli buyrug‘i bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilib, buyruqning mazmun mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, shaxsiy tarkib bilan jangovar tayyorgarlik, saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi, shaxsiy tarkibining antropometrik ko‘rsatkichlari tekshiruvdan o‘tkazilib, xodimlarning tashvish qoplari tekshirildi hamda xodimlari bilan jangovar qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha sinovlar qabul qilinib, ushbu yo‘nalishdagi ish yurutish hujjatlari tekshirilib, amaliy yordam ko‘rsatildi

Text to speech