23 Oktyabr 2025 yil
350
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Bo‘zatov tumanida "Oila-maktab-mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlarning borishini o‘rgandi.
Tumanda joylashgan maktablarda
o‘quvchilarning darsga ishtiroki, maktab o‘quvchilari o‘rtasida
huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha "Oila-maktab-mahalla"
tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganildi.
Shuningdek, mahallalardagi profilaktika inspektorlarining xizmat olib borishi,
aholi bilan yaqin aloqada bo‘lishi bo‘yicha o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar
berildi. Profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi
bilan yaqin aloqada bo‘lishi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish
bo‘yicha bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.