29 Sentyabr 2025 yil 275

Davlatimiz rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan topshiriqlarining ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan tungi vaqtda Taxtako‘pir tumanida o‘rganish ishlari olib borildi

Vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev dastlab tungi xizmatga biriktirilgan xodimlar faoliyati bilan tanishib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarning barqarorligini ta’minlash, tungi paytda yo‘l transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shuningdek, Taxtako‘pir tumani tibbiyot birlashmasi va Taxtako‘pir tumani 2-sonli maktab binolarining qo‘riqlanishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli o‘rganilib, xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech