Tavsiyanomalar topshirildi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida nafaqat soha xodimlarining xizmat sharoitlarini yaxshilash, balki, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumki, o‘tgan davr mobaynida dastlab profilaktika inspektorlariga xizmat uylari va imtiyozli kredit asosida avtomashinalar berilgan bo‘lsa, tizimda olib borilgan keyingi islohotlar natijasida barcha ichki ishlar organlari xodimlarini qamrab olgan qator imtiyozlar bosqichma-bosqich joriy etildi.
Bu borada, davlatimiz rahbari hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli Qarorlariga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga oliy (harbiy) va o‘rta maxsus taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun imtiyoz beruvchi tavsiyanoma hamda taqdimnomalarning berilishi tizim xodimlari va ularning oila aʼzolarini har tomonlama qo‘llab quvvatlashning yorqin namunasi bo‘ldi.
Joriy yilning 2 iyun kuni Beruniy tuman Ichki ishlar bo‘limida bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik M.Muratov tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyrug‘iga asosan xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan jami 3 nafar xodimning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.
Tinchlik posbonlari va ularning farzandlariga qaratilayotgan bu kabi yuksak eʼtibor, ularning vatanga sadoqati va xizmatga bo‘lgan shijoatini yana-da oshirishga xizmat qilishi shubhasiz