To‘rtko‘l tumanida mahallama-mahalla yurish orqali "Obod va havfsiz mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, bu borada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining bosh inspektori polkovnik J.Avazov hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari mayor S.Jumamuratovlar To‘rtko‘l tumanida bo‘lib mahallama-mahalla yurish orqali "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib,bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur yo‘nalishda mahalla raislari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilarining huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. O‘rganish ishlari davom etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati