2 Mart 2025 yil
1709
To‘rtko‘l tumani 3-sektorga qarashli mahallalar orasida sportning voleybol turi bo‘yicha To‘rtko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining kubogi musobaqasi o‘tkazildi
Musobaqada Navoiy MFY 1-o‘rin, Yangiobod MFY 2-o‘rin, Bozirgan MFY 3-o‘rinni egallab, tadbir homiylari va IIB boshlig‘i tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Musobaqa yakunida 5 tashabbus musobaqasining voleybol turi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi kubogida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston Respublikasi bosqichida faol ishtirok etgan Navoiy MFY voleybolchi qizlari sektor boshlig‘i R.Turganbayev va homiylar tomonidan taqdirlandi.