16 Oktyabr 2025 yil
101
Davlatimiz rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan topshiriqlarining ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan tungi vaqtda Nukus tumanida o‘rganish ishlari olib borildi
Vazir
o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev dastlab tungi xizmatga biriktirilgan xodimlar
faoliyati bilan tanishib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va
huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan
hududlarning barqarorligini ta’minlash, tungi paytda yo‘l transport
hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan
topshiriqlar berdi. Shuningdek, Nukus tumanida joylashgan hushyorxonaning ish
faoliyati hamda Nukus tumani 31-sonli maktab binolarining qo‘riqlanishi va
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli o‘rganilib, xavfsizlikni ta’minlash
yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi