O‘quv kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 4 dekabrdagi F–5408-son «Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi asosida Ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi tajribasi sifatida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida tashkil etilgan edi.
O‘quv kurslarning asosiy maqsadi – xodimlarning maʼnaviy-vatanparvarligini yana-da oshirish, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash bo‘yicha vazifalarni hal etishda Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari va Milliy gvardiya xodimlari va harbiy xizmatchilarining uzviy hamkorligini tashkil etish, ularda jamoaviylik, uyushqoqlik hamda vazifalarni bajarishda daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirish tizimini takomillashtirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma o‘quv dasturiga muvofiq, o‘quv kurslari davomliligi 14 kundan 30 kunga uzaytirildi. O‘quv kurslariga jalb etilayotgan tinglovchilar soni 60 nafarni tashkil etib, tinglovchilar 4 ta guruhga (ofitserlar guruhi hamda serjant-safdorlar guruhlari) bo‘linishi belgilab olindi. Joriy yilning 11 mart kuni 2022 yilning 13-o‘quv yig‘ining tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirga, Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugi tarbiyaviy ishlar bo‘yicha boshlig‘i podpolkovnik B.Baynazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov va vazirlikning faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi o‘rinbosari podpolkovnik F.Sankibayevlar ishtirok etib bitiruvchilarni tabrikladi va kelgusi xizmatlarida zafarlar tiladi.Tadbirda, o‘quv kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar va faxriy yorliqlar ravishda topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati