O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlar bilan uchrashdi.
2022 yil 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurib, tashrif davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida bo‘lib, boshqarma shaxsiy tarkibi bilan suhbatlashdi hamda boshqarma maʼmuriy binosini ko‘zdan kechirib, shaxsiy tarkibga xizmat olib borishda mavjud kamchiliklar bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy ishlar borasida topshiriqlar berildi. Shuningdek, Qo‘ng‘irot temir yo‘l vokzali maʼmuriy binosi hamda perroni ko‘zdan kechirilib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda bir qator kamchiliklarning mavjudligi va vokzal binosining taʼmirlashga muhtoj holga kelib qolganligi atab o‘tilib, bu borada tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, Vazir o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Nukus temir yo‘l vokzaliga tashrif buyurib, vokzal maʼmuriy binosini va perronini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, ushbu vokzalda xizmat olib boruvchi bo‘linma xodimlari bilan yaqindan tanishib, xodimlarning oilaviy sharoitlari hamda xizmat olib borishda mavjud bo‘lgan muammo va kamchiliklar yuzasidan suhbat o‘tkazilib, bo‘linma navbatchilik qismini O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda XTBB bilan ulanish imkonini beruvchi aloqa vositalarini o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati