21 Avgust 2025 yil 141

Qoraqalpog‘iston Respublikachi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, hamda fuqarolar muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Mo‘ynoq tumani Xalq qabulxonasi binosida fuqarolari uchun navbatdagi Sayyor qabul o‘tkazildi

Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun masʼul xodimlar qatnashishlari taʼminlandi. Sayyor qabul jarayonida 20 nafardan ortiq fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, ularning ko‘pchiligi joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar o‘rganish va vaqt talab qilishi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat egalari huquqiy tushuntirishlar berildi.

Text to speech