24 Oktyabr 2025 yil
253
Davlatimiz rahbarining hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan Kegeyli tumanida tungi o‘rganish ishlari olib borildi.
Vazir o‘rinbosari M.T.Rahmatullayev dastlab tungi xizmatga biriktirilgan xodimlar faoliyati bilan tanishib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen holati og‘ir bo‘lgan hududlar barqarorligini ta’minlash, tungi vaqtda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, Kegeyli tumani "Xalqobod-Chimboy" agroklaster MCHJga qarashli paxta tozalash zavodi va Kegeyli tumani 8-sonli maktab binolarining qo‘riqlanishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilib, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.