4 May 2023 yil 214

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!” shiori ostida bir qator tadbirlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 11-aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkaziladigan “Ma‘naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 100-sonli farmoyishiga asosan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida oylik doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan litseyning bir guruh o‘quvchilarining Nukus harbiy garnizonidagi muzeyga tashrifi tashkillashtirilib, o‘quvchilar Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining tashkil topishi tarixi va buguni, okrugning shu vaqtgacha bo‘lgan qo‘mondonlari tarjimai xoli bilan yaqindan tanishdilar.

Text to speech