20 Avgust 2025 yil 178

Bo‘zatov tumani "Ko‘k-suv" OFY hududida joylashgan 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida hududda yashovchi xotin-qizlar o‘rtasida psixologik trening o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Bo‘zatov tumani IIB boshlig‘i polkovnik U.Kurbanbaeva, tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Xojageldieva, psixolog xodimlar, shuningdek, hududda yashovchi xotin-qizlar ishtirok etdi. Treningda xotin-qizlarga hayotning mashaqqatli tashvishlarini yengishda kuch-g‘ayrat beruvchi psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ayol-qizlar psixologik treningdan katta taassurotlar oldi. Tadbir davomida faol xotin-qizlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech