24 Iyul 2024 yil 3425

Vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuhammedov ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida yig‘ilish o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuhammedov ishtirokida joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov, ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlari hamda tegishli mutasaddi xodimlar ishtirok etdilar. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan o‘tgan olti oy davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yo‘l-harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. Jinoyatchilikning ayrim turlari oshgan hudud mutasaddi rahbarlariga bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar xususida ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari so‘zga chiqib, korrupsiya va tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish borasida qatʼiy talab va topshiriqlarni yetkazdi. Tadbir yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlashda hamkasblariga har tomonlama o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xodimlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

 

Text to speech