8 Sentyabr 2025 yil 645

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan To‘rtko‘l, Beruniy va Ellikqal’a tumani ichki ishlar bo‘limlarining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va Qarorlarining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublkasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining 11.03.2025-yildagi Qo‘shma ko‘rsatmasi ijrosini to‘laqonli ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tekshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 24.04.2024-yildagi «Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ilash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 200-sonli buyrug‘iga asosan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash ahvoli o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, ichki ishlar bo‘limi xodimlarining yashash sharoitlari va oilaviy ahvoli o‘rganilib, yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Text to speech