22 Mart 2025 yil
1183
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Qo‘ng‘irot tumanining kriminogen vaziyati og‘ir va "qizil" toifaga tushgan "Qo‘ng‘irot" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mas’ullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi "2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1 sonli Qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlarining yashash sharoitlari va oilaviy ahvoli o‘rganilib, yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi.