24 Mart 2025 yil
982
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Qo‘ng‘irot, Shumanay va Taxiatosh tumani ichki ishlar bo‘limlarining ish faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va Qarorlarining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining 11.03.2025 yildagi Qo‘shma ko‘rsatmasi ijrosini to‘laqonli taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tekshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 24.04.2024 yildagi «Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ilash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 200-sonli buyrug‘iga asosan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash ahvoli o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.