O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibida tadbir bo‘lib o‘tdi
Joriy
yilning 18 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida
Maʼnaviy maʼrifiy darsligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul
qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik G‘ulamjon
Eshimbetov ochib berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikalarining davlat madhiyalari jarangladi. Tadbirda O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog‘i haqida maʼruza qilinib xodimlarga bayroqning
mazmun mohiyati to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston
Respublikasi miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda g‘olib bo‘lgan xodimlarni
hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar hamda pul mukofotlari bilan
taqdirladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati