22 Iyul 2025 yil
2291
Joriy yilning 10-iyul sanasidan 10-avgust sanasi oralig‘ida Respublika miqyosida "Turmush" tadbirini o‘tkazish belgilangan bo‘lib, tadbir doirasida profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda
Bo‘zatov
tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori tomonidan tuman hududidagi
fuqarolar gavjum joylar, dehqon bozori va bir qator savdo maskanlarida
xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning, shuningdek,
kiber jinoyatchilik va mol-mulk o‘g‘irligi jinoyatlarining oldini olish
bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda maxsus bukletlar tarqatildi