19 Mart 2024 yil 2970

2-son tergov hibsxonasida 21-mart “Navro‘z” – umumxalq bayrami keng turda nishonlandi

Oltinchi mintaqaviy hudud 2-son tergov hibsxonasida 21-mart “Navro‘z” – umumxalq bayrami keng turda nishonlandi. Jumladan, bayram kuni Navro‘zning eng asosiy taomi bo‘lgan “Sumalak” tayyorlandi. Bayramga xodimlarning oila-aʼzolari va nafaqadagi faxrli mehmonlar taklif qilindi. Bayram dasturxoni tuzatildi har xil turdagi milliy taomlar va pishiriqlar tayyorlandi. Tadbir boshlanishida Qoraqalpoq millati to‘ylarining urf-odatlaridan bo‘lgan “Bet ashar” bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng qo‘riqlash otryadi xodimlarining maxsus jangovar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Bayram davomida, O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi bilan hamkorlikda sportning “KURASH” turi bo‘yicha musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada hibsxona xodimlari 73, 90 va 90+ kg vazndagi og‘irlikda o‘zaro belashdi. Kurash sport musobaqasi xalqaro kurash standartlari asosida tashkil etildi. Shuningdek, tosh ko‘tarish, arqon tortish va ayol xodimalar o‘rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan musobaqalar yakuniy natijasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan xodimlar, xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishgan xodimlar, faol ishtirokchilar hamda nafaqadagi faxrli mehmonlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlandi. Navro‘z umumxalq bayrami tadbirida barcha shaxsiy tarkib faol ishtirok etib, ular o‘rtasida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Text to speech