7 May 2025 yil 806

«9 may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan, IIV Qoraqalpoq akademik litseyi rahbariyati tomonidan marhum va nafaqadagi faxriylarning oila a‘zolaridan xabar olindi

«9 may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan, joriy yilning 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpoq akademik litseyi rahbariyati tomonidan, Ichki ishlar organlari tizimida faoliyat olib borgan marhum faxriylarimiz polkovnik Jalg‘asov Qoniratbay va podpolkovnik Taumuratov Naurizbaylarning xonadonlariga tashrif buyurilib, oila a’zolari holidan xabar olindi. Tashrif chog‘ida marhumlar xotirasi yodga olinib, ehtirom ko‘rsatildi. Shuningdek, nafaqadagi faxriylarimiz podpolkovnik Allamberganov Tanirbergen hamda podpolkovnik Kopjursinov Baltabaylarning holidan   xabar olinib, ular o‘zlarining umr yo‘li va xizmat faoliyati xususida tashrish buyurganlarga ma’lumotlar berdi.

Text to speech