10 Aprel 2021 yil 595

Hashar uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Ko‘ngildan boshlangan obodlik, yaratish-yashnatish ishtiyoqi ona-Vatanga cheksiz mehr-muhabbat ifodasiga aylanib, borliqqa ko‘rkamlik, go‘zallik bag‘ishlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi  ichki ishlar organlari xodimlari ham bugun erta tongdan  maʼmuriy binolar atrofida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish  ishlarini  olib borishdi. Vazirlik sohaviy xizmatlari xodimlari tomonidan o‘zlari xizmat olib borayotgan maʼmuriy binolar atrofidagi dalalarni yovvoyi o‘t-cho‘plardan tozalash, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, daraxtlarga shakl berish va oqlash, devorlarni oqlash, ariq va zovurlarni tozalab, gullarga suv quyish kabi ishlarni bajarmoqda. Shu kabi ishlar vazirlikning tibbiyot bo‘limida va hududiy IIBlarda uyushqoqlik amalga oshirildi..

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech