24 Noyabr 2024 yil 2983

Xavfsiz hudud – Dolzarb 50 kunlik maxsus tadbiri davomida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi to‘xtatilib qolindi

Joriy yilning 23-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXB xodimlari podpolkovnik G‘. Tauyekelov, mayor A.Nazarimbetov  hәmda mayor B.Izbasarovlar shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limining tezkor xodimlari hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Nukus shahri X.Abdambetov ko‘chasi bo‘yida Taxiatosh tumanida tug‘ilgan 2001 yil tug‘ilgan fuqaro A.S boshqaruvidagi “Labo” rusumli transport vositasini irkib tekshirilganida solon ichidan sariq sellofan paketga solingan, har birining taxminiy sotilish bahosi 1 million 700 ming so‘m bo‘lgan, 8 dona pirotexnika vositalari bor ekanlligi aniqlangan.

Bundan tashqari, olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar natijasida, fuqaro S.A ning yashash manzili, ko‘zdan kechirilganida 83-dona pirotexnika vositalari saqlab ketayotganligi aniqlanib, jami hisoblangan bahosi 154 million 700 ming so‘m bo‘lgan 91-dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil tariqasida xolislar ishtirokida protsessual tartibda olingan. Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarlikni taʼminlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati   

Text to speech