9 May 2025 yil
449
- Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan "Motamsaro ona" yodgorlik maydoniga gulchambarlar qo‘yildi
9-may xotira va qadrlash kuni! Bu yil Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 80 yilligi nishonlandi. Nukus shahridagi "Motamsaro ona" yodgorlik maydoniga davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari yig‘ildi. Bayram munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.