11 Yanvar 2024 yil 6076

Ichki ishlar organlarining ofitserlik va safdorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilingan xodimlardan yakuniy sinovlar qabul qilindi

 

Davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar organlarini isloh qilish, xususan tizimda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini tubdan takomillashtirish hamda kadrlar salohiyatini oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 8 dekabr kunidagi 2/2-1855-son ko‘rsatmasi talablariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 dekabr kunidagi 207-sonli farmoyishi tasdiqlandi hamda Shimoliy-g‘arbiy  harbiy  okrugining 21131-sonli  harbiy  qism bazasida joylashgan Ixtisoslashtirilgan  o‘quv-amaliy kurslarida 2023 yilning 11 dekabr  kunidan  2024 yilning 11 yanvar kuniga qadar Ichki  ishlar  organlarining ofitserlik va safdorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilingan xodimlar bilan sayyor boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv yig‘ini tashkil etildi. Mazkur o‘quv yig‘iniga jami 63 nafar  ichki ishlar organlarining ofitserlik va safdorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilingan xodimlar jalb etildi. O‘quv yig‘inining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumati va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ichki ishlar organlari xodimlarga qo‘yilayotgan bugungi kun talablariga javob beradigan yuksak kasbiy mahoratini rivojlantirish, tinglovchilarni yuksak darajadagi vatanparvarlik, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori darajada jangovar va jismoniy, maʼnaviy-axloqiy hamda ruhiy tayyorgarlikni har tomonlama taʼminlash va takomillashtirib borish, tinglovchilarda tezkor va kriminogen vaziyatni tahlil qilish, prognozlash va baholashning zamonaviy usullarini o‘rgatish, shuningdek jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining mavjud kuch, vosita va usullaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Joriy yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i o‘rinbosari- kasbiy tayyorgarlik fakulteti boshlig‘i polkovnik B.A.Ulugbekovning rahbarligida o‘quv yig‘ini yakunida tinglovchilarning bilim darajasini xolisona baholash uchun o‘quv dasturiga muvofiq tuzilgan savollar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlaridan iborat komissiya tarkibida yakuniy sinovlar qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech