6 Yanvar 2024 yil 4361

Maʼnaviyat va Maʼrifat darsi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibiga navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsligi o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik Gulamjon Eshimbetov tomonidan olib borildi. Dastlab O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari jarangladi. So‘ng darslikning bugungi mavzusi “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida xodimlarga batafsil maʼlumotlar yetkazildi. Shuningdek hafta davomida Jahonda va respublikamiz hududidagi yangiliklar bilan shaxsiy tarkibga maʼruzalar qilindi. Tadbir davomida anʼanaviy tarzda savol javoblar qilinib xodimlarning bilim ham ko‘nikmalari orttirildi. Tadbir so‘ngida bir qator xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech