Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida videokonferensiya aloqasi orqali, Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini yanada oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘uloti hamda “namunali surishtiruvchi” va “namunali tergovchi” tanlovlarining g‘oliblarini taqdirlash tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
2021 yil 30 yanvar kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi tomonidan 12.11.2020 yilda tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yana-da takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korrupsiyadan holi hududga aylantirish bo‘yicha YO‘L XARITASI”ning tegishli bandlarining ijrosini taʼminlash maqsadida, videokonferensiya aloqasi orqali, Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini yana-da oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘uloti hamda joriy yilda o‘tkazilgan “namunali surishtiruvchi” va “namunali tergovchi” tanlovlarining g‘oliblarini taqdirlash tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan ochib, boshqarib bordi.
Tadbirning birinchi qismida, Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining tergovchi hamda surishtiruvchilari o‘rtalarida o‘tkazilgan “namunali surishtiruvchi” va “namunali tergovchi” tanlovlarining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning ikkinchi qismida, Tergov bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini yana-da oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotiga sud ekspertiza muassasasi biologiya bo‘limi sud-tibbiyot eksperti, “Al-Xorazmiy” nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti Nukus filiali axborot xavfsizligi kafedrasi o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi bosh inspektori, Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti dotsenti hamda boshqa muassasalarning tajribali vakillari ishtirok etib, o‘zlari tomonidan tayyorlab kelingan dolzarb mavzularda batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.
O‘quv mashg‘ulotida tergov bo‘linmalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, mashg‘ulot qizg‘in muhokama va mulohazalarga boy bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi