Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining «Ichki ishlar organlarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi 142-sonli farmoyishi tasdiqlandi
Joriy yilning 13-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining «Ichki ishlar organlarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi 142-sonli farmoyishi tasdiqlandi
Ushbu farmoyish talablariga muvofiq, bugun vazirlik tizimidagi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishidagi xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 21-oktabr kungi 400-sonli buyrug‘i bo‘yicha “Shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonuniylikka qat’iy bo‘ysunishi hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash to‘g‘risida” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishidan maqsad, tizimdagi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati hamda uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining kasbiy mahorati, bilim saviyasi, huquqiy ongi va nutq madaniyatini yuksaltirish, shuningdek ularning ko‘nikma va malakalarini oshirish hisoblanadi
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlariga xodimlar xizmatdan ajralmagan holda online orqali har haftada o‘tkazilib boriladi