23 Fevral 2023 yil 515

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri talaba yoshlar bilan uchrashdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovik Baxtiyar Torebekovning talaba yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rektori Axmet Reymov olib bordi. Tadbirda tyutorlar, professor murabbiylar, talaba yoshlar, ichki ishlar vazirligining sohaviy xodimlari va universitetga biriktirilgan profilaktika inspektorlari ishtirok yetishdi. Uchrashuvda Ichki ishlar vaziri Baxtiyar Torebekov elimiz yoshlari orasida yuz berayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar haqida maʼlumot berib tadbir ishtirokchilariga atrofda yuz berayotgan har xil mahzundagi hodisalarga befarq bo‘lmasliklarini jamoatchilik nazoratni kuchaytirish ahamiyati yuqori ekanligi aytib o‘tdi. Shuningdek so‘ngi yillarda yelimizda yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirilib kelayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida aytib o‘tdi. Shuningdek yelimizda ayniqsa yuqori o‘quv yurtlari talabalari har tomonlama bilimli yetuk kadrlar bo‘lib yetilishi uchun bir qancha sharoitlar yaratilgan, mana ushbu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanmay, jinoyat ko‘chasiga kirib ketayotgan ayrim yoshlarning ayanchlii taqdiri misollar bilan keltirilib o‘tilib, uchrashuv ishtirokchilariga bunday yo‘llardan yurmaslik bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi. Albatta bunday tadbirlarning o‘tkazilishi elimiz yoshlarining taʼlim -tarbiyasida ahamiyatli o‘rin egallaydi.Tadbir so‘ngida talaba yoshlar, o‘qituvchilar va tyutorlarning fikr va takliflari tinglanib, talaba yoshlarning qiziqtirgan savollarga Ichki ishlar vaziri va masʼul xodimlar tomonidan toliq javoblar berildi. Tadbir so‘ngida kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha memorandum imzolandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech