Respublika 3-sektor boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning navbatdagi qabuli Buzotov tumanida o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Buzotov tumani «Aspantay» MFY fuqarolarining murojaatini o‘rgandi. Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarining ijtimoiy masalalari bo‘yicha murojaat qildi. Shuningdek fuqarolarining ish bilan bandligi, kam taʼminlangan oilalarga tibbiy yordam berish, imtiyoz ravishda beriladigan kreditlar, ichki yo‘llarning nosozligi singari bir qator murojaatlar vazir tomonidan ko‘rib chiqildi. Bildirilgan murojaatlar shu yerning o‘zida o‘rganilib, o‘z yechimini topdi, ayrim murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berildi. Albatta o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar fuqarolarimizning farovon yashashiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati