24 Aprel 2025 yil 277

To‘rtko‘l tumanida giyohvand moddalar aylanmasi bilan shug‘ullanib yurgan shaxslar qo‘lga olindi

2025-yilning 21-aprel kuni "M" ismli shaxsning arizasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JQB, To‘rtko‘l tumani IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati To‘rtko‘l tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, To‘rtko‘l tumanida yashovchi 1985-yil tug‘ilgan J.A ismli shaxs To‘rtko‘l tumanida joylashgan metan quyish shoxobchasida ushlab, shaxsiy tekshiruv o‘tkazilganda uning shimining cho‘ntagidan qog‘ozga o‘ralgan 0,059 gr "Geroin" giyohvandlik moddasi aniqlangan. Tadbir davomida To‘rtko‘l tumanida yashovchi 1974 yil tug‘ilgan D.Z ismli shaxs boshqaruvidagi "Neksiya-1" rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilganda 0,003 gr "Geroin" giyohvandlik moddasi aniqlangan. Aniqlangan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech