31 May 2022 yil 691

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni katta shodiyona sifatida nishonlanadi.

 Mamlakatimizda har yili 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni katta shodiyona sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan mazkur ayyomni ichki ishlar organlarida hozirda xizmat qilayotgan hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari uchun yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida joriy yilning 31 may kuni Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida bayram tadbiri  o‘tkazilib, bolalarga «O‘ngimdagi tushim» nomli spektakl namoyish qilindi.. Tadbir davomida xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning  farzandlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sovg‘alari topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech