17 Iyul 2025 yil
191
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosida Nukus shahri, Xo‘jayli va Taxiatosh tumani fuqarolari uchun navbatdagi Sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun masʼul xodimlar qatnashishlari taʼminlandi. Sayyor qabul jarayonida 20 nafardan ortiq fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, ularning 12 tasi joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar o‘rganish va vaqt talab qilishi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat egalari huquqiy tushuntirishlar berildi.