14 yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bir guruh xodimlar taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimizning tashkil etilganligining 30 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng miqyosida nishonlanmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Vatan himoyachilari kuni va quroli kuchlar tashkil qilinganining 30 yilligi bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat madhiyalari ijro etildi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri general-leytenant P.R.Bobojonovning bayram tabrigi shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
So‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishda fidokorona xizmatlari uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qurolli kuchlarning 30 yilligi ko‘krak nishonlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan, «Maxsus unvonlar», “A’lo xizmatlari uchun”, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari, qo‘l soatlari O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining "Faxriy yorliq"lari, Ichki ishlar vazirligining esdalik qo‘l soati va pul mukofotlari o‘z egalariga topshirildi.
Tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so‘zga chiqib, xodimlarni bayram bilan tabriklab, rag‘batlantirilgan xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida yanada mas’uliyat bilan yondashib bundan ham yuqori mukofotlarga sazovor bo‘lishlarini tiladi.
Bayram dasturi madaniyat xodimlarining va vazirlikning Orol yulduzlari ansamblining konsert dasturi bilan davom etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.